Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 10:40 / 15.12.2015
3872
1 daqiqa o‘qiladi
Moskvadagi kafeda yuz bergan otishma natijasida 2 kishi halok bo‘lib, 6 kishi jarohatlandi
Moskva shahri markazidagi kafeda otishma yuz berishi natijasida 2 kishi halok bo‘ldi va 6 kishi jarohatlandi. Bu haqda "RIA Novosti" axborot agentligi xabar berdi.
Huquq tartibot idoralaridagi manbaning bildirishicha, jinoyatchilar travmatik qurollardan foydalanishgan.
Voqea 15 dekabrga o‘tar kechasi Moskvadagi Rodcheltskiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bu hodisa bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish