08:16 / 15.12.2015
2549

Mourino: "Chelsi" chempionshipga tushib ketish xavfi ostida qolayotgani yo‘q

"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionati doirasida "Lester"ga qarshi kechgan uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan keyin (1:2) jurnalistlar bilan gaplashdi. U jamoada ishlashni davom ettirishi haqida aytgan.

"Chelsi" ligada jon saqlab qolish uchun o‘ynamaydi, garchi hozirda turnir jadvalining quyi qismiga tushib ketgan bo‘lsakda. 3-4 oydan keyin ham shu o‘rinda qolgan bo‘lsak, bu haqda o‘ylashimiz mumkin.

Bugun biz himoyada 2ta xato qildik va buning badalini to‘ladik. Biz bunday gollarni o‘tkazib yubormasligimiz kerak edi. Biz raqibning bunday harakatlariga tayyorlangandik. Hayronman, nega bunday xatolarga yo‘l qo‘yishdi.

Bizda hozir gol urish bilan bog‘liq muammolar bor. Negami? Chunki, gol urishi uchun maydonga tushirilgan futbolchilar buni eplay olishmayapti.

Mening kelajagimmi? Men "Chelsi"da qolaman. Bunga ishonchim komil. Siz meni yaxshi bilasiz. Mening zimmamda hozir katta ish turibdi va buni bajarishim kerak.
Mening qolishimni jamoa rahbariyati ham istaydi", deydi Mourino.

"Biz endi Chempionlar ligasi uchun kurashdan chiqqanimiz aniq", - deya javob qaytargan shu haqdagi savolga murabbiy.

Top