22:43 / 15.12.2015
6568

Nazarboyev: Biz bor yo‘g‘i 24 yil mobaynida nufuzli mamlakatga aylandik

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat mustaqilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda mamlakat chorak asr vaqt ichida nufuzli davlatga aylanganini aytib o‘tdi. Bu haqda “Kazinform” xabar bergan.

“Xalq orasida 50 yil ichida hayotda barcha narsa o‘zgaradi degan gap yuradi. Biz esa 24 yil ichida butun dunyo tan olgan nufuzli mamlakatga aylandik. Biz chorak asr vaqt ichida juda katta tarixiy yo‘lni bosib o‘tdik. Bu yo‘lda bizga ajdodlarimizning ruhi va mehnatsevar qozog‘istonliklarning yosh avlodi ilhom bag‘ishladi, — dedi Nazarboyev.

Prezidentning ta'kidlashicha, bu 24 yil inson kamolotga yetish davri singari mamlakat hayoti uchun ham muhim ahamiyatga ega. Marosimda bundan oldin mamlakat bo‘ylab Qozoq xonligining 550 yilligi va Buyuk G‘alabaning 70 yilligi nishonlanganligi Qozog‘iston tarixining tub burilishi ekanligi aytib o‘tilgan.

Top