16:17 / 15.12.2015
11922

OAV: «Real» rahbariyati Benitesning o‘rniga jamoani kim boshqarishini hal qildi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Rafael Benites jamoa rahbariyati ishonchini yo‘qotdi, deb yozadi Marca nashri.

«Barselona» jamoasidan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan (0:4) keyin klub prezidenti Florentino Peres ochiq ravishda Benitesni qo‘llab-quvvatlagandi, biroq, «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin (0:1) rahbariyatdan hech kim uni qo‘llab-quvvatlamay qo‘ydi.

Xabarda yozilishicha, klub rahbariyati agar natija bo‘lsa jamoaning har qanday o‘yiniga ko‘z yumishga tayyor bo‘lib turishibdi. Agar natija bo‘lmasa, birorta bir rahbar tomonidan murabbiyni qo‘llab-quvvatlash bo‘lmaydi.

Xabar qilinishicha, Benitesning o‘zi ham rahbariyat ishonchini yo‘qotganini yaxshi bilib turibdi. Uning «Real»dagi ishlari yanada yomonlashgan taqdirda rahbariyat yangi bosh murabbiy kim bo‘lishi masalasiga oydinlik kiritib bo‘lgan. Agar 55 yoshli ispaniyalik mutaxassis iste'foga chiqarilsa, uning o‘rnini Zinedin Zidan egallaydi.

Top