Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini oldinga katta qadam deb aytdi
AQSh prezidenti Barak Obama Le-Burjyeda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishlari masalalari bo‘yicha butunjahon anjumanida tuzilgan Parij kelishuviga yuqori baho berdi. Obama bu haqda Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan telefon orqali suhbatda aytib o‘tdi.
Obama “Ollandga bu tarixiy kelishuvning tuzilishida erishilgan ulkan yutuq uchun minnatdorchilik bildirdi”. Obamaning fikricha, bu kelishuv “o‘zidan oldinga katta qadam va butun dunyo uchun kuchli nomani namoyon qiladi”.
Ikki prezident ham suhbat davomida anjumanda Fransiya qa AQSh vakillari guruhlari o‘rtasida hamjihatlikning yuqori darajada bo‘lganini ta'kidlab o‘tishdi. Olland va Obama Parij kelishuvi bandlarini samarali amalga oshirish bo‘yicha keyingi birgalikdagi harakatlarni ta'minlash zarurligini qayd qilib o‘tishdi.