Jamiyat | 09:22 / 15.12.2015
2424
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada ilk bor faqat mamlakat mahsulotlarini sotuvchi markaz ish boshladi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida ilk bor faqatgina mamlakat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi markaz o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Ostona hokimiyati rasmiy saytida ma'lum qilingan.

“UniverMAG.kz” deb nomlangan ushbu savdo markazida Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan kattalar va bolalar kiyim-kechak mahsulotlarini, milliy liboslarni, poyabzallarni, bosh kiyimlarni hamda sport kiyimlarini uchratish mumkin.

Markazning umumiy maydoni 240 kv. metrni tashkil etadi. Savdolarning dastlabki kunida mamlakatning 30 ta ishlab chiqaruvchi korxonasi o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish