21:35 / 15.12.2015
2561

O‘zbekistonda “avtodorixona”lar chekka hududlarga 4 mlrd so‘mlik dori va tibbiy vositalarni yetkazib berdi

Dori-Darmon aksionerlik kompaniyasi GM Uzbekistan bilan 50 ta maxsuslashtirilgan “Damas” rusumli mashina xarid qilish bo‘yicha 1,5 milliard so‘mlik shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya manbasiga asoslanib, Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

Dorixona uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan mashinalar qishloq va tog‘li chekka hudadlarga tibbiy mahsulotlarni yetkazib beradi.

"Bizning “dorixona mashina”larimiz besh yil muqaddam o‘z faoliyatini boshlagan. Mashinalar tibbiy mahsulotlarni qulay yetkazib berish uchun maxsus mebellar va muzlatkichlar bilan jihozlangan. Bu dorixonalar mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan grafiklarda harakatlanadi. Bugun amalda ular o‘zlarini oqlashdi. Biz buning yordamida qulay narxlarda borish qiyin bo‘lgan hududlarga ham dori vositalarini yetkazib beryapmiz”, – dedi kompaniya manbasi.

Ma'lumot uchun, 2015 yilda ushbu “avtodorixona”lar qio‘loq joylariga 4 mlrd so‘mlik dori va tibbiy vositalarni yetkazib bergan.

Top