22:57 / 15.12.2015
4965

O‘zbekistondan mahsulotlarni internet-do‘konlar orqali bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirmay eksport qilish mumkin bo‘ladi

2016 yil martidan O‘zbekistondan narxi 1000 dollardan oshmaydigan mahsulotlarni bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirmay internet-do‘konlar orqali eksport qilish mumkin bo‘ladi.

Bunday choralar O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining 2015 yil 13 noyabrdagi “Xalqaro pochta jo‘natmalari ustidan bojxona nazoratining vaqtinchalik qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorda eksportchilar internetdagi onlayn-do‘konlar orqali ularning banklardagi hisob raqamlariga to‘lov to‘liq kelib tushgandan va bu ma'lumot tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgandan keyin eksport shartnomalarini rasmiylashtirmasdan tovar, ish va xizmatlarni eksport qilish huquqiga ega ekanliklari ta'kidlab o‘tilgan.

Top