20:40 / 15.12.2015
2194

Qirg‘izistonda yil boshidan beri sodir bo‘lgan YTHda ming nafar kishi nobud bo‘lgan

Qirg‘izistonda 2015 yilning 11 oyi davomida yo‘llarda 976 kishi halok bo‘lgan va 9 ming 847 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan. Bu haqda mamlakat IIV YPX matbuot xizmati ma'lum qilgan.

Eng ko‘p yo‘l transporti hodisasi Chuy viloyatida ro‘yxatga olingan – 285 ta. Eng kami esa O‘sh viloyatida qayd etilgan – 28.

11 oy vaqt mobaynida jami 6 ming 656 ta YTH qayd etilgan. Ulardan 1 ming 335 tasi bolalar ishtirokida bo‘lgan bo‘lib, unda 92 nafar bola nobud bo‘lgan, 1 ming 560 nafari jarohat olgan.

Top