12:54 / 15.12.2015
3554

Qirg‘izistonga avtobus hojatxonasiga yashiringancha kirmoqchi bo‘lgan xorijliklar ushlandi

Qozog‘istonning 5 fuqarosi Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy yo‘l bilan kesib o‘tishga uringanida qo‘lga olindi. Ulardan 3 nafari muhojirlik kartasiga ega bo‘lmagan, yana ikkisida esa umuman hech qanaqa hujjat yo‘qligi aniqlangan. Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga asoslangan holda qozoq nashrlari xabar bergan.

Aniqlik kiritilishicha, bu shaxslar "Merke" nazorat-o‘tkazuv punktida avtobus hojatxonasiga bekingan holda ketayotganida tutilgan. Bu avtobus Ostonadan Bishkek shahriga qatnovni amalga oshirishi aniqlangan.

Avtobus haydovchisi Qozog‘iston fuqarosi bo‘lib, u noqonuniy muhojirlik xizmatini amalga oshirishda gumonlanmoqda. Agar uning aybi isbotlansa, unga nisbatan Qozog‘iston respublikasi Jinoyat Kodeksining 1 qismi 394 moddasi bo‘yicha jazo tayinlanishi mumkin. Noqonuniy muhojirlarga esa Jinoyat Kodeksining 1 qismi 392 moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilishi kutilmoqda.

Top