Jamiyat | 13:08 / 15.12.2015
3659
1 daqiqa o‘qiladi

Quvada bolasini 20 mln so‘mga sotishga harakat qilgan ona qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatining Quvada tumanida bolasini 20 mln so‘mga sotishga harakat qilgan ona qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Ominaxon Rayimjonova 2008 yili turmush qurgan. Turmushidan Omon va Ali ismli farzandlari bo‘lgan. U moddiy ahvoldan qiynalgani bois Salima Musayeva ismli ayolga birinchi o‘g‘lini 3.7 mln so‘mga sotib yuborgan edi.

2015 yilga kelib u o‘z ishini yana takrorlagan. 2014 yilning 18 oktabrida tug‘ilgan uchinchi farzandi Yodgor Rayimjonovni 20 mln so‘mga boshqa bir ayol – F. Ilhomovaga sotib yubormoqchi bo‘lgan. Ammo bu ish SVOJJDLQK departamentining Quva tuman bo‘limi xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Bolafurush ona sudlanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish