20:48 / 15.12.2015
3096

Samsung kompaniyasi Apple foydasiga chiqarilgan 0,5 mlrd dollarlik jarima ustidan da'vo arizasi topshirdi

Samsung kompaniyasi AQShning oliy sudiga Apple foydasiga chiqarilgan hukm ustidan da'vo arizasi topshirdi. 2012 yilda chiqarilgan ushbu hukmga ko‘ra Apple ishlab chiqaradigan iPhone dizayniga patentning buzilishi yuzasidan Samsung’ga 548,2 mln dollarlik jarima solingan.

Samsung ushbu qiymatdan 399 mln dollari bo‘yicha bahslashmoqda. Kompaniya huquqshunoslarining fikricha, patent bilan himoyalangan smartfonning oldi paneli shakli, yumaloqlangan burchakli ramkasi va interfeys belgilarining joylashishiga innovatsiyalarning qiymati 399 mln dollarlik tavon puliga mos kelmaydi.

“Yumaloqlangan burchak shaklli patentlangan dizayn o‘zida ko‘plab yechimni mujassamlantirgan smartfonning alohida jihati bo‘la olmaydi”, deb shikoyat qilmoqda kompaniya vakillari sudga.

Avvalroq Samsung kompaniyasi iPhone’dan nusxa ko‘chirgani uchun 548 mln dollar to‘lashga rozi bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top