Jamiyat | 16:15 / 15.12.2015
3933
1 daqiqa o‘qiladi

Sanjar Tursunov Gnesin-Jazz 2015 xalqaro jaz festivalida “Eng yaxshi pianinochi” deb topildi

O‘zbekistonlik 17 yoshli Sanjar Tursunov 1-6 dekabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan yosh ijrochilarning Gnesin-Jazz-2015V xalqaro jaz festival-tanlovida ikkinchi darajali mukofot va “Eng yaxshi pianinochi” nomiga sazovor bo‘ldi.

Gazeta.uz nashrining xabar berishicha, Sanjar — Toshkentdagi Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining “mumtoz fortepiano” bo‘limida uchinchi bosqichda tahsil oladi.
U mazkur tanlovda ishtirok etayotgan yagona o‘zbekistonlik edi.

Musiqachi 10 daqiqa ichida amerikalik jaz pianinochisi va bastakori Kit Jarettning murakkab kompozitsiyasini ijro etish bilan birga, o‘zi ham kuy bastaladi. Buning uchun u ikkinchi mukofot va solist-instrumentalist nominatsiyasida “Eng yaxshi pianinochi” nomiga loyiq deb topildi.