Jahon | 07:46 / 15.12.2015
1596
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada ikki kishi terrorchilik bilan bog‘liq jinoyatlari uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

Shvetsiyada ikki kishi terrorchilik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Sudlanuvchilar Suriyada qatl qilishlarda ishtirok etganlikda ayblandilar.

Sudlanuvchilardan birining uyi tintuv qilinganda u qatl ijrosidan keyin qatlni olqishlab, chappak chalgani tasvirlangan videoyozuv topildi.

“U qo‘lida pichoq ushlamaganiga qaramasdan, bu qabihlikda ishtirok etgan”, deb aytdi prokuror sud paytida.

Jinoyatchilar tegishli bo‘lgan guruh nomi oshkor etilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish