Texnologiya | 21:15 / 15.12.2015
3694
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada dronli va avtopilotli BMW i8 yaratildi

Rinspeed Shveytsariya kompaniyasi Etos deb nom olgan prototipni taqdim etdi. BMW i8 gibrid sportkari bazasida qurilgan kontsept-kar avtomat boshqariladigan tizim va dron bilan jihozlandi. Rinspeed Etos ning birinchi taqdimoti Las-Vegasda o‘tkaziladigan CES elektronika ko‘rgazmasida namoyish etiladi.

Etos ning avtopilot rejimida rul bo‘lmay, u old panel ostida joylashtirilgan. Prototip sakkiz yuqori aniqlikdagi kamera va boshqa mashinalar va raqamlarni aniqlashtiruvchi tizim yordamida harakatlanadi.

Dron uchun 12 ming boshqariladigan chiroq diodli maydon qilingan. Rinspeed Etos, shuningdek, haydovchi va yo‘lovchi qarshisida joylashtirilgan 21,5 dyuymli egiluvchan HD-displey bilan jihozlangan.

Prototipda Harman Connected Car tizimi bo‘lib, u vaziyatga qarab haydovchi bilan “hamkorlik” qiladi. Uni ovoz va harakat bilan boshqarish mumkin. Rinspeed Etos kompaniyaning Shveytsariyada ishlangan birinchi prototipi sifatida e'tirof etilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish