12:56 / 15.12.2015
4180

Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarasini mustahkamlashda davom etmoqda

Tojikiston chegara qo‘shinlarining Afg‘oniston bilan chegaradagi Hamadoniy va Sho‘roobod otryadlarida askar va zobitlar yashashi uchun yangi binolarni foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakat davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayevning ma'lum qilishicha, Hamadoniy chegara otryadi hududida yangi tashkil etilgan Kokul va Temurmalik chegara punktlari binolari ham foydalanishga topshirilgan. Ular zamonaviy asbob-uskuna bilan jihozlangan.

Marosimda chiqish qilgan qo‘mita rahbari, general-leytenant Saymo‘min Yatimov askar va zobitlarni vatan sarhadlarini himoya qilishda birdamlik, sadoqat va sobitlikka chaqirib qoldi.

Top