09:27 / 15.12.2015
2039

Toshiba 7 ming nafargacha xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Og‘ir moliyaviy jarayonni boshidan o‘tkazayotgan Yaponiyaning Toshiba korporatsiyasi mamlakat ichi va xorijdagi bo‘linmalarda ishlovchi 7 ming nafargacha xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda.

Asosan, muzlatgich va boshqa maishiy texnikalar, televizorlar va kompyuterlar ishlab chiqarish tarmog‘ida faoliyat olib boruvchi xodimlar bo‘shatiladi, deb xabar bermoqda Yaponiya OAV.

Toshiba Indoneziyada joylashgan televizor ishlab chiqaruvchi zavodini sotishga va bu biznesdan butunlay chiqib ketishga majbur bo‘lmoqda, deyiladi xabarlarda.

Top