16:43 / 16.12.2015
11603

18 dekabr kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida qor yog‘ishi mumkin

18-20 dekabr kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. 

Gidrometeorologiya markazining ma'lumotlariga ko‘ra, 18-20 dekabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda.

18 dekabr kuni havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliqni tashkil etadi. Toshkentda harorat kechasi -3 dan +2 darajagachani tashkil etadi. Kunduzi 3-8 daraja, 19-21 dekabr kunlari esa 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham qor yog‘adi. 18-19 dekabr kunlari harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, 20-21 dekabr kunlari 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Top