21:37 / 16.12.2015
2327

2014 yilgi jahon chempionatini 3,2 mlrd kishi televizor orqali kuzatgan

Futbol bo‘yicha 2014 yilgi jahon chempionati o‘yinlari 3,2 mlrd teletomoshabin tomonidan kuzatib borilgan. Bu haqda FIFAning rasmiy saytida xabar berilgan.

Manbada yozilishicha, Germaniya va Argentina o‘rtasidagi final bahsi auditoriyasi 1 mlrd kishini tashkil qilgan.

Qayd etilishicha, Braziliya yashil maydonlarida o‘tkazilgan JCh-2014 o‘yinlarini Xitoyda 252,3 mln kishi televizor orqali kuzatgan va bu boradagi yetakchilik xitoyliklarga tegishli.

Top