22:10 / 16.12.2015
18574

2015 yil yakunlari: Odamlar yil davomida Google’dan nimani ko‘proq qidirdi?

Google kompaniyasi har yili bo‘lib o‘tadigan “Yil qidiruvi” to‘plamining o‘n beshinchi taqdimotini namoyish qildi. “Yil qidiruvi”da yil davomida ushbu tizimda qidirilgan eng muhim, eng hayajonli voqealar tizmasi o‘rin oladi.

Yilning eng muhokamabop mavzusi ommaviy qashshoqlik va sport musobaqalari bo‘lgan. Parij teraktidan so‘ng 897 million marta so‘rov berilgan. Katmandudagi zilziladan so‘ng, “Nepalga qanday qilib yordam ko‘rsatish mumkin?” so‘rovi ham juda ommalashgan — 85 million marta. Kriket bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati vaqtida musobaqa bilan bog‘liq 320 millionta so‘rov berilgan.

Ro‘yxatdan “Oskar” taqdimoti, marhum mashhurlar bilan xayrlashuv marosimlari, regbi bo‘yicha jahon chempionati, futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati, shuningdek, Yelizaveta II bilan bog‘liq voqealar ham joy olgan.

Google kompaniyasining ma'lum qilishicha, foydalanuvchilar uchun o‘tgan yil davomida Keytlin Jyenner tarixi bilan bog‘liq savollar va AQSh Oliy sudi tomonidan bir jinsli nikohga ruxsat berilgani haqidagi savollar qiziqarli bo‘lgan.

Kompaniya, shu bilan birga, yil trendiga aylangan oq-tillarang yoki qora-havorang kuylak munozarasi (70 million marta so‘rov) va “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” filmi treyliri (155 million so‘rov) haqida ham e'tirof qilib o‘tdi.

Shuningdek, Google’ning e'tirof etishicha, qidiruv alohida hududlar doirasida ham ommalashgan. Masalan, rossiyalik so‘rov beruvchilarni eng ko‘pi 2015 yilda vafot etgan qo‘shiqchi Janna Friski, “Kumushning 50 xil tusi” filmi va “Yevrovideniye” ko‘rik tanlovi qiziqtirgan.

Top