08:49 / 16.12.2015
4164

AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritishi mumkin

AQSh agar Eronning yadroviy sohadagi harakatlari unga xavf soluvchi bo‘lib ko‘rinsa, Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritishi mumkin, deb aytdi Oq uy vakili Jon Ernest. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

“Shak-shubhasiz, agar bizning milliy xavfsizlik sohasidagi vakillarimiz yangi sanksiyalar bu faollikka qarshi turishda foydali bo‘ladi deb hisoblasalar, biz qo‘shimcha choralar ko‘rilishini istisno qilmaymiz,” deb aytdi Ernest.

Ernest Eronning uzoq masofaga mo‘ljallangan raketasi uchirilishiga aloqasi bo‘lgan Eronning bir qator vakillari AQSh sanksiyalari ostiga tushganliklarini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Top