Jahon | 14:31 / 16.12.2015
9904
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh prezidentligiga nomzod Suriyadagi parvozsiz zona ustida Rossiya samolyotini urib tushirishga tayyorligini aytdi

AQSh prezidentligiga respublikachi nomzodlardan biri, Nyu-Jyersi hokimi Kris Kristi saylovoldi bahslari chog‘ida Suriyadagi parvozsiz zonaga kirib qolgan Rossiya samolyotini urib tushirishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda Mediaite xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, bunday qaror Rossiya prezidenti Vladimir Putinga AQSh maqsadlarining jiddiyligini ko‘rsatib berishi mumkin bo‘ladi.
Bu so‘zlardan so‘ng boshqa bir nomzod – Rend Pol uni uchinchi jahon urushi uchun ideal nomzod ekanligini kinoya bilan ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish