18:28 / 16.12.2015
6106

Amerika banki jonli efir vaqtida tunaldi

Amerikaning Minnesota shtatida bitta bankni ikki marotaba tunagan o‘g‘ri jinoyat joyini tark etar ekan, dastlabki o‘g‘irlik haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borilayotgan reportajga duch kelib qoldi, deya xabar bermoqda KIMT News 3 telekanali.

Bank xodimi binodan chiqib ketayotgan jinoyatchini payqab qolgan va tasvirga olish vaqtida jurnalistlarni yordamga chaqirgan.

15 dekabr kuni KIMT News 3 telekanali jurnalistlari jamoasi bankning kirish joyida reportaj olib borayotgan vaqtda yana bir marta jinoyat sodir etiladi. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, xuddi shu vaqtda o‘g‘ri bankka qaytib kelib, jinoyatini qaytadan sodir etgan. Yashirinish vaqtida esa telekameralar obektiviga duch kelib qolgan.

Tasvirga olish guruhi tomonidan hukumatga taqdim etilgan ma'lumotlar yordamida gumondor bir soat vaqt ichida qo‘lga olindi. Tergovchilarning ishonch bildirishicha, qo‘lga olingan Rayan Liskov (Ryan Liskow) har ikki jinoyatni amalga oshirgan.

Top