16:05 / 16.12.2015
1947

Yekaterinburgda qirg‘izistonlik ayol firibgarlikda ayblanib, 5 yilga qamaldi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 47 yoshli «shifo ulashuvchi» qirg‘izistonlik fuqaro qo‘lga olingan. Bu haqda Sverdlov viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatiga asoslanib rus nashrlari xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, ayol 2014 yilda qizi bilan Yekaterinburgga tashrif buyurgan Verx-Isetsk tumanida yashay boshlagan. U turli yo‘llar bilan 9 nafar nafaqaxo‘rning 1,3 million rubl mablag‘ini o‘zlashtirib olgan.

Huquq tartibot idoralari qirg‘izistonlik ayolni firibgarlikda aybdor deb topib, besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan va unga 15 ming rubl miqdorida jarima ham belgilagan.

Top