17:36 / 16.12.2015
10526

Ekspert: Toshkent va Dushanbe boshqa-boshqa o‘yinchilarga ishonch bildirmoqda

Yaqinda O‘zbekiston va Tojikiston TIVlari darajasida siyosiy muzokaralar o‘tkazilishi xabar qilindi. Shu munosabat bilan Sputnik agentligi MDH davlatlari instituti bo‘lim mudiri Vladimir Yevseyevning ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga sharh berishni so‘radi.
Ekspertning fikricha, uchrashuvda muhokama qilinadigan asosiy mavzular suv va energetika masalalariga oid bo‘ladi.

“Aslida Tojikiston uchun GESlardan suv chiqarib yuborish uchun eng yaxshi vaqt qishdir, O‘zbekistonda esa bu sug‘orishda ishlatilmaydigan suvning ortib qolishiga olib keladi, - deydi mutaxassis. – Bu muammoni hal qilish maqsadida mustaqillik yillarida O‘zbekiston 30dan ortiq o‘rta va kichik suv omborlari qurdi, bu bilan deyarli barcha o‘z va transchegaraviy daryolarni ishlatdi (darvoqe, bu shusiz ham murakkab bo‘lgan Orol muammosini yanada chigallashtirdi)”.

“Qish faslida Tojikiston suvni ko‘p chiqarib yuborishi oqibatida O‘zbekistonning ayrim hududlarida botqoqlanish yuz berishi mumkin, - so‘zida davom etdi Yevseyev. – Ammo O‘zbekiston qo‘shnisiga gaz yetkazmalarini qisqartirmoqda. Ammo O‘zbekiston ham suv chiqarib yuborishni nazorat qilmoqchi, ham gazni bosim o‘tkazich vositasi sifatida qo‘llab, uni qimmatga sotmoqchi”.

Yevseyevning ta'kidlashicha, ayni paytda ushbu muammoni hal qilish yo‘li yo‘q. Bundan tashqari, O‘zbekiston Tojikiston Rog‘un GESini qurishidan xavotirda, negaki seysmik faollik O‘zbekistondagi yirik shaharlarga jiddiy tahdid solishi mumkin.
Shuningdek, muzokaralar dasturida Afg‘onistondagi vaziyat muhokamasi ham ko‘rsatilgan, ammo bu masalada, ekspertning fikricha, murosaga kelib bo‘lmaydi. Yevseyevning fikricha, O‘zbekiston rahbariyati mintaqada xavfsizlikni ta'minlashda AQSh bilan hamkorlik qilishga birinchi o‘rinli ahamiyat bermoqda, Tojikiston esa bu rolda Rossiyani ko‘rmoqda.

“Ya'ni Toshkent va Dushanbe boshqa-boshqa o‘yinchilarga tikmoqda”, - deb hisoblaydi ekspert.

Top