19:17 / 16.12.2015
30098

GM Uzbekistan: Xorijiy valyutaga o‘tkazilgan avtomobil narxlari yangi shartnoma tuzayotgan mijozlarga amal qiladi

Oldin xabar qilinganidek, GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan Spark, Cobalt, Lacetti, Orlando hamda Malibu avtomobillarining 1 va 2 pozitsiyasiga to‘lov xorijiy valyutaga o‘tkazildi. Uch tsilindirli Matiz 0,8 hajmli avtoulov, Nexia 1,5 Sonc narxi arzonlashgan. Ushbu avtoulovlar avval ham xorijiy valyutada edi va hozir ham ushbu valyutada qoldi.

Kompaniya vakili avtomobil uchun so‘mda to‘lov amalga oshirganlarga yangi narxlar qanday ta'sir qilishi haqida ma'lumotlar berdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil uchun 85 foiz to‘lovni so‘mda amalga oshirgan biroq yangi prays bo‘yicha avtoulov narxi xorijiy valyutaga o‘tkazilgan mijozlar avtosalonga murojaat qilishsa, ularning avtomobillari uchun so‘m tarzidagi yangi prays taqdim etiladi. Mijoz qoldiq narxni taqdim etilgan yangi praysdagi narx asosida so‘mda to‘lab beradi.

Xorijiy valyutaga o‘tkazilgan avtomobil narxlari yangi shartnoma tuzayotgan mijozlarga amal qiladi.

GM Uzbekistan tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillarning narxlari 30 foizgacha oshirilishi ma'lum qilingan edi.

Top