18:45 / 16.12.2015
2364

Hindiston Singapurning 6 sun'iy yo‘ldoshini muvaffaqiyat bilan uchirdi

Hindiston Singapurning 6 sun'iy yo‘ldoshini muvaffaqiyat bilan havoga uchirdi. Ushbu jarayon Hindiston kosmik tadqiqotlar va ishlanmalar tashkiloti (ISRO) sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi.

PSLV-C29 tashuvchi raketasining uchirilishi mahalliy vaqt bilan soat 18.00da Satish Dxavan nomidagi kosmik markazning kosmodromidan, Andxra-Pradesh shtati janubidagi Bangol ko‘rfazining Shrixarikot orolidan amalga oshirildi. Raketa sun'iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqib, Yerdan 550 km masofada ekvatorga nisbatan 15 darajada burchakda qoldiradi.

Raketa bortidagi asosiy yo‘ldosh— TeLEOS-1 400 kg vaznga ega. U bilan birga 123 kg li VELOX-CI, 78 kg li Kent Ridge-1 mikroyo‘ldoshlari, 13 kg li Athenoxat-1, VELOX-II va Galassia 3.4 kg li nanoyo‘ldoshlari uchirildi.

Top