21:30 / 16.12.2015
7708

IShID Turkiyaning Iroqdagi bo‘linmasiga hujum qildi

IShID jangarilari Iroq shimolida joylashtirilgan Turkiya harbiylari ustiga raketa zarbalari yo‘llashni boshladi. Bu haqda kurd harbiylariga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Manbaning aytishicha, IShID tasarrufidagi Mosul shahri yaqinida joylashgan turk bazasiga raketalar yo‘llangan.

Bundan oldinroq, Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Anqara Iroqdagi harbiylarini saqlab qolishi haqida aytgandi.

Top