Jahon | 22:03 / 16.12.2015
3827
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon banki Hindistonga hojatxonalar qurishi uchun $1,5 mlrd ajratadi

Qishloq joylardagi sanitariya holatini yaxshilab olishi uchun Hindiston Jahon bankining 1,5 milliard dollarlik kreditini olmoqda. Bu haqda bank saytida ma'lum qilindi.

Dasturdan ko‘zlangan maqsad qishloqlarda yashayotgan aholining gigiyenaga bo‘lgan munosabatini o‘nglash va Hindiston shtatlaridagi vaziyatni rag‘batlantirish tizimi yordamida yaxshilashdan iborat.

Qayd etilishicha, dastur jarayonida aholisi eng sodda ko‘rinishdagi sanuzel (vanna va hojatxona)lardan ham foydalanmaydigan hududlarda toza suvli hojatxonalar tashkil etiladi.

Bank mazkur hududlarni ichimlik suvi bilan ta'minlashni ham o‘z zimmasiga olmoqda.
Ushbu dastur 2014 yilda start olgan “Toza Hindiston” kampaniyasining bir qismi bo‘lib, uni 2019 yilning oktabrida — Maxatma Gandi tavalludining 150 yilligi nishonlanadigan kunda tugallash rejalashtirilgan.

Bundan avvalroq esa Jahon banki Hindistonga Ganga daryosini tozalashi uchun 1,5 millard dollar ajratishi haqida xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish