Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadaga bortida suriyalik qochqinlar bo‘lgan uchinchi samolyot ham kelib qo‘ndi
Kanadaning Toronto aeroportiga bortida 214 nafar suriyalik qochqin bo‘lgan uchinchi samolyot kelib qo‘ndi. Bu haqda SVS telekanali xabar berdi.
Shunday qilib, ayni paytgacha Kanada harbiy havo kuchlarining harbiy-transport samolyotlari mamlakatga 538 nafar suriyalikni olib keldi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yetib kelgan qochqinlar Torontodan Ontario, Kvebek, Albert va Britan Kolumbiyasi provinsiyalaridagi boshqa shaharlariga taqsimlanadi.
Yaqindagina Kanada immigratsiya, qochqinlar va fuqarolik ishlari vaziri Jon Makkallum mamlakat hukumati belgilangan maqsad – 2015 yil oxirigacha Suriyadan 10 ming nafar qochqinni qabul qilishga erishish uchun keng miqyosda ish olib borayotgani haqida xabar bergan edi.
Vazir o‘z so‘ziga: “Yaqin kunlarda (Kanadaga) qochqinlar bilan ko‘plab reyslar yetib keladi”, – deya qo‘shimcha qildi