Jamiyat | 10:21 / 16.12.2015
3722
2 daqiqa o‘qiladi

Meksika janubidagi kanondan 19 kishining jasadi topildi

Meksikaning Gerrero shtati hududidan 19 kishining jasadi topildi.

Bu shtatda o‘tgan yili 43 nafar talabaning g‘oyib bo‘lishi shov-shuvga aylangandi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra jasadlar Chichiualko shahri yaqinidagi tor kanonda (dengiz sathidan 500 m chuqurlikdagi tog‘ darasi) aniqlangan.

Xabar qilinishicha, jasadlar yotgan joy haqidagi ma'lumot anonim manba tomonidan aytilgan. Jasadlarning 8 nafari yoqib yuborilgani ma'lum bo‘lgan.

Ularning shaxsini aniqlash uchun harakatlar boshlangan.

Qayd etish kerakki, o‘tgan yilning o‘zida Gerrero shtatida 650 nafardan ortiq kishi jinoiy guruhlar qurboniga aylandi. Ayni vaqtda bu hududda narkokartel guruhlari nazoratni qo‘lga olishga urinishmoqda.

Shu yilning sentabrida Meksika hukumati Gerero shtati hududida 2014 yilda izsiz yo‘qolgan 43 talabani qidirishni qaytadan boshlashi haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘p o‘tmasdan bu talabalarni o‘g‘irlashda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi.

2014 yilning 26 sentabrida politsiya va banditlar talabalar namoyishida ishtirok etayotganlarga hujum qilib, voqea joyida 6 kishini o‘ldirishgan. Bu hujum ortida yana 43 nafar talaba izsiz yo‘qolgan. Keyinroq shahar tashqarisida shaxsi aniqlanmagan 28ta jasaddan iborat ommaviy qabr topilgan.

Bundan tashqari, Iguala politsiyasi bilan aloqador ikki nafar yollanma qotil 43 nafar talabadan 17 nafarini o‘ldirganini tan olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish