10:06 / 16.12.2015
4503

Namanganlik firibgar boshqalarning 100 mln so‘m pulini o‘zlashtirdi

Namanganlik 29 yoshli fuqaro Ravshan Abdurov firibgarlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda “Postda” gazetasi yozmoqda.

Aytilishicha, Abdurov muqaddam ikki marta sudlangan. Birinchi safar u mayda firibgarlik, ikkinchi safar esa bozorda mayda kissovurlik qilgani uchun qamalgan, lekin ikki marta ham amnistiya qarori asosida ozod qilingan edi.

Ozodlikka chiqqach, Abdurov doimiy ish topishni istamadi va qisqa muddatda daromad ko‘rish uchun mashina bozoriga yo‘l oldi. Ta'kidlanishicha, u yerda Abdurov birovning mashinasini boshqasiga sotib, qo‘liga tekkan pullarni egasiga berish o‘rniga shu pulga boshqa mashina xarid qilgan va shu tariqa pullarni aylantirgan. Uning birovlardan o‘zlashtirgan yakuniy daromadi 100 mln so‘mni tashkil qilgan.

Top