Sport | 11:17 / 16.12.2015
3987
1 daqiqa o‘qiladi

Oxirgi 2 yilda birinchi marta «Bavariya» stadioni to‘lmadi

15 dekabr kuni o‘tkazilgan Germaniya kubogi doirasidagi «Bavariya» – «Darmshtadt» (1:0) uchrashuviga 72 500 dona chipta sotildi.

Shu tariqa, so‘nggi ikki yilda birinchi bor «Alyants-Arena» to‘lmadi va anshlag bo‘lmadi.

Qayd etish kerakki, ushbu stadion o‘z bag‘riga 75 ming muxlisni sig‘diradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish