14:10 / 16.12.2015
2417

Oxirgi sutka davomida Afg‘onistonda 30dan ortiq jangari yo‘q qilindi

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari mamlakatning 8 viloyatida o‘tkazligan aksilterror operatsiyasi davomida 33 nafar jangarini yo‘q qildi.
Bu haqda mamlakat IIV rasmiy sayti orqali xabar qilindi.

“Operatsiyalar Qunduz, Qandahor, Uruzgon, G‘azni, Xo‘st, Paktika, Hirot va Hilmand viloyatlarida o‘tkazildi, natijada 33 qurolli jangari yo‘q qilindi, yana 14 nafari yaralandi”, - deyiladi xabarnomada.

Aksilterror amaliyotlarini Afg‘oniston armiyasi jangchilari Milliy xavfsizlik direktorati bilan hamkorlikda o‘tkazdi.
Reydlar davomida yengil va og‘ir qurollar zaxiralari ham fosh etildi.

Top