19:27 / 16.12.2015
4587

O‘zbek olimlari yarani bitirish xususiyatiga ega bo‘lgan plyonka ixtiro qilishdi

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi olimlari "Kollagen asosidagi gemostatik plyonka"ni ixtiro qilishdi. Mazkur plyonka farmatsiya va tibbiyot sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi gemostatik faolligi yuqori bo‘lib, yarani bitirish xususiyatiga ega bo‘lgan, yanada arzon va ommabop gemostatik plyonkani ishlab chiqishdan iborat.

Mulliflar jamoasi - F.G.Nazirov, B.A.Saidxanov, M.M.Alimov, D.N.Dalimov, K.O.Maxmudov, A.D.Matchanov, M.T.Azimova va Sh.K.Nigmatovga ushbu ixtiro uchun № IAP 05109 raqamli patent berildi.

Top