18:12 / 16.12.2015
10176

Po‘lat Saidqosimov teatrdan qanday ketganini aytib berdi

Taniqli aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida aslida teatrdan ketmaganini va bir umr unda qolishini chiroyli so‘zlarda ifodalab berdi.

“Nega ketdim? Men teatrdan ketganim yo‘q...”, - dedi ustoz san'atkor, so‘ng hikoyasini davom ettirdi:
“2005 yilda boshimga biroz tashvish tushdi. Shundan keyin teatrga kelsam, e'lonlar taxtasiga “Po‘lat Saidqosimov bilan shartnoma bekor qilindi”, deb yozib qo‘yishibdi. Demak, hammasi tushunarli, dedim. Atrofga qarasam, hech kim yo‘q. Sekin chiqib ketdimu qaytib bormadim”.

Shu bilan birga, aktyor aslida hech qachon teatrdan bo‘shamasligiga, har doim kerak bo‘lishiga amin.

“Menimcha, teatrda artist bo‘shatilmaydi, - ta'kidladi u. – U umrining oxirigacha ham rol o‘ynashi mumkin. Yoshlik ham, munkillagan chol ham sahnaga doim kerak-ku! Qolaversa, odam yoshi ulg‘ayavergani sari ijodi ham o‘sadi, ulg‘ayadi”.

Top