22:25 / 16.12.2015
5092

Putin Ukraina bilan erkin savdo hududini yoptirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2016 yil 1 yanvardan Ukraina bilan erkin savdo hududi bo‘yicha shartnomaning to‘xtatilishi haqidagi farmonni imzoladi.

Farmon “davlatning manfaatlari va iqtisodiy xavfsizligiga ta'sir qiluvchi vaziyat sababli” qabul qilingan. Rossiya tashqi ishlar vazirligi Kiyevni shartnoma bekor qilingani haqida xabardor qilishi kerak.

18 noyabrda Rossiyaning iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayev Rossiya hukumati Ukrainaga nisbatan oziq-ovqat embargosi kiritishga qaror qilganini ma'lum qilgandi. Bu embargo 2016 yil 1 yanvardan, Ukrainaning Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdo hududiga qo‘shilishi bo‘yicha kelishuv kuchga kirishi bilan bir vaqtda amal qilishni boshlaydi.

Top