Jahon | 21:22 / 16.12.2015
2481
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar TIV Iroqda qatarliklar o‘g‘irlangani haqidagi xabarni tasdiqladi

Qatar Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarining Iroq hududida o‘g‘irlangani haqidagi xabarni tasdiqladi.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, Iroq hukumati ruxsati bilan Najaf sahrosida ov qilish vaqtida noma'lum shaxslar tomonidan 16 nafar Qatar fuqarosi garovga olingan.

Bundan oldinroq, Iroq politsiyasi yo‘qolib qolgan ovchilar orasida Qatar rahbarining oila a'zolari ham borligi haqida ma'lumot bergandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish