Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rashidovning «Al Sadd»ga urgan goli Qatarda 13-turning eng chiroyli goli deb topildi
Qatar Yulduzlar Ligasi 13-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan o‘yinda musobaqa jadvalida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda borayotgan “Al-Jaish” hamda “As-Sadd” klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi va unda “Jaish” 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 50-daqiqasida esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Sardor Rashidov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishgandi.
Sardor Rashidov urgan gol Yulduzlar ligasida 13-turining eng chiroyli goli deya tan olindi. Qatar yulduzlar ligasi rasmiy tvitteri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada Rashidov urgan golga muxlislar eng ko‘p ovoz berishdi. Sardor qolgan 3 ta ta'qibchisini katta farq bilan ortda qoldirdi va 52 foiz ovoz to‘plpb, g‘olib bo‘ldi.
برأيك ما هو الهدف الفائز للاسبوع ١٣ ؟ Which player scored the goal of week 13
— Qatar Stars League (@QSL) 15 dekabrya 2015
Qayd etish kerakki, Qatar milliy chempionatida 13ta o‘yin o‘tkazgan Sardor Rashidov shu paytga qadar 9 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga erishdi va u to‘purarlar orasida bormoqda.