Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya aviatsiyasi 1 kun ichida Suriyadagi terrorchilarning 212 obektiga zarba berdi
Rossiya havo kuchlarining Suriyadagi aviaguruhi o‘tgan kun davomida Humaymim aviabazasidan 59 harbiy parvozni amalga oshirib, 7ta viloyat hududi bo‘ylab terrorchilarning 200dan ortiq obektiga zarba berdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov bayonot berdi.
“O‘tgan sutka mobaynida Rossiya havo kosmik kuchlari samolyotlari 59 harbiy parvozni amalga oshirib, terrorchilarning Suriya Arab Respublikasidagi 212 obektiga zarba berdi. Nishonlar Halab, Idlib, Lataqiya, Hama, Homs, Haseke va Raqqa viloyatlarida joylashgan edi. Parvozlarning 32tasi tungi paytda amalga oshirildi”, - uning so‘zlarini keltiradi "RIA Novosti" agentligi.