15:03 / 16.12.2015
2748

«Rubin» mashhur sobiq futbolchini bosh murabbiylikka taklif qildi

Rossiyaning «Rubin» klubi ruminiyalik sobiq futbolchi George Hojini jamoa bosh murabbiyligiga taklif qilmoqchi. 

Ruminiyaning Gazetei Sporturilor nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, qozonliklar 50 yoshli mutaxassisga yiliga 4 million yevro maosh taklif qilishmoqda. 

Shu bilan birga, hozirda mahalliy «Viitorul» jamoasini boshqarib kelayotgan murabbiy mavsum o‘rtasida jamoasini almashtirishni istamayapti va Rossiyadan tushgan taklifni rad qilmoqda. 

Payshanba kuni «Rubin» klubi vakillari yana bir bor Ruminiyaga tashrif buyurib, mutaxassisni shartnoma imzolash uchun ko‘ndirishga urinib ko‘rishi kutilmoqda.

Top