Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:43 / 16.12.2015
2169
1 daqiqa o‘qiladi
Ssangyong Engineering & Construction BAAda 1.6 mlrd dollarlik ko‘chmas mulk quradi
Janubiy Koreyaning Ssangyong Engineering & Construction Dubayda mehmonxona, turarjoy va ofis binolari qurilishi bo‘yicha 1.6 mlrd dollarlik shartnomani imzoladi.
Bu haqda kompaniya vakillari Seulda bergan matbuot anjumanida xabar qildi.
“Investment Corporation of Dubai bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Ssangyong Engineering & Construction 840 mln dollarga 47 qavatli mehmonxona, 37 qavatli turar joy quradi.
Boshqa bir kelishuv 386 va 370 mln dollarga turarjoy va ofis komplekslarining qurilishini nazarda tutadi”, - deyiladi xabarnomada.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish