Jahon | 14:49 / 16.12.2015
7775
2 daqiqa o‘qiladi

Telegraph: Xitoy Kanadadan toza havo xarid qilmoqda

Qoyali tog‘larning toza havosi to‘ldirilgan ballonlarni sotishni boshlagan Kanada kompaniyasi mahsuloti Xitoyda kattakon shuhratga erishmoqda. Sotuvlar hajmining oshishi ayni paytda Xitoyda havoning ifloslanishi bilan bog‘liqdir, deb yozadi The Telegraph nashri.

Ta'kidlanishicha, Kanadaning Vitality Air startapi o‘tgan yili Edmonton shahrida ochilgan bo‘lib, o‘z tovarini Xitoyga ikki oycha muqaddam yetkaza boshlagan.
“500 ballondan iborat birinchi partiya to‘rt kun ichida sotib yuborildi”, - dedi kompaniya asoschilaridan biri Moisey Lem. Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda Xitoyga 4 mingta ballon yuborilgan, ularning aksariyatiga oldindan buyurtma berilgan.

Bunday ballon ichida 7.7 l toza havo bo‘lib, uning narxi 100 yuan yoki 15 dollarni tashkil qiladi. Bu Xitoyda bir shisha mineral suvning narxidan 50 barobar qimmat degani.
Xaridorlarning asosiy qismi havo ifloslanishi eng kuchli bo‘lgan yirik shaharlar aholisidir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish