08:57 / 17.12.2015
3115

2015 yildagi tug‘ilgan har sakkizinchi bola ixtiloflar hududida dunyoga kelgan

BMTning Bolalar jamg‘armasi YUNISEFning ma'ruzasiga ko‘ra, 2015 yilda tug‘ilgan har sakkizinchi bola ixtiloflar hududida dunyoga kelgan.

Ta'kidlanishicha, 2015 yilda ixtiloflar hududida 16,6 mln bola tug‘ilgan, bu o‘tgan yildagidan taxminan 125 mingga ko‘proqni tashkil etgan. YUNISEF prognoziga ko‘ra, 2016 yilda bunday hududlarda 16,7 mln bola tug‘iladi.

Ma'ruzada ta'kidlanishicha, ko‘p davlatlardagi ixtiloflar yangi tug‘ilgan bolalar va ularning onalarining muntazam ravishda katta xatarlarga duch kelishlariga olib kelmoqda. Onalar farzandlarini tibbiyot yordamisiz va antisanitar sharoitlarda dunyoga keltirmoqdalar. Bunday hududlarda tug‘ilgan bolalarning esa 5 yoshgacha bo‘lgan davrda vafot etishi ehtimoli katta.

YUNISEFning ma'lum qilishicha, 2015 yilda 200 mingdan ko‘proq bolalar Yevropa Ittifoqida boshpana so‘rashgan, 30 mln bola esa ixtiloflar tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Top