08:23 / 17.12.2015
2247

AP: AQSh va Kuba aviaaloqalarni tiklash borasida kelishuvga erishdi

Amerika Qo‘shma shtatlari va Kuba ikki mamlakat o‘rtasida doimiy parvozlarni qaytadan yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda ikki mamlakatning hukumati doirasidagi manbaga asoslangan holda Associated Press agentligi xabar tarqatgan.

Manbaning aytishicha, tomonlar bu borada kelishuvga erishishgan, lekin bu kelishuvni imzolashga shoshilishayotgani yo‘q. Qayd etilishicha, rasmiy bitimning imzolanishi bir necha kundan keyin ro‘y berishi kutilmoqda.

Bundan oldinroq, Kuba Tashqi ishlar vazirligining AQSh bilan munosabatlar bo‘yicha vakili Jozefina Vidal 2 mamlakat o‘rtasidagi aviaaloqalar 2016 yilning oxiriga qadar tiklanishi mumkinligini xabar qilgandi.

Shuningdek, Kuba va AQSh o‘rtasida 52 yil oldin to‘xtagan to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta aloqalari tiklanishi aytilgan.

Top