10:16 / 17.12.2015
8068

AQShda 9 yoshli farzandini ochidan o‘ldirgan ota-onaga 40 va 42 yillik qamoq jazolari tayinlandi

Pensilvaniya shtati sudi o‘z farzandlarining ochidan o‘lishini ta'minlagan juftlikka hukm e'lon qildi. 16 dekabr kuni Xarrisburg shahridagi sud yakunida, sudya Jon Cherri tomonidan o‘qilgan hukmga ko‘ra bu oila boshliqlariga uzoq yillik qamoq jazolari tayinlangan. Bu haqda TASS agentligi xabar qildi.

Xabar qilinishicha, 39 yoshli ota Jarred Tatko 42 yilga, uning 40 yoshli rafiqasi Kimberli 40 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Ular jazoni 20 yilgacha muddatidan oldin ozodlikka chiqmaslik sharti bilan o‘tashadi.

Bundan oldinroq, er-xotinlar uzoq vaqt davomida nogiron farzandini (bola autizm bilan og‘rigan) ovqat bermagan holda, alohida xonada saqlashganini hamda unga xonani tark etishni taqiqlashganini tan olishgandi.

9 yoshli kichik Jarred Tatkolar oilasidagi 6 farzanddan biri bo‘lgan. Bolalarning 5 nafarida ruhiy xastalik belgilari bo‘lgan. Jarred o‘limidan oldin 8 kg vazn yo‘qotgan.
Politsiya 2014 yilning avgustida qo‘shnilarning chaqiruviga binoat Xarrisburgdagi bu oila istiqomat qiluvchi uyga yetib kelishganida, yopiq xonadan Jarredning jasadini va uning yonidagi ochdan o‘lish arafasidagi 10 yoshli opasini topishgan. Qizchaning hayoti saqlab qolingan.

Top