Sport | 17:45 / 17.12.2015
6215
2 daqiqa o‘qiladi

"Barselona" Messisiz o‘ynab, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finaliga chiqdi

"Barselona" jamoasi Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim finalida Xitoyning "Guanchjou Evergrand" jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvdagi gollarning barchasini kataloniyaliklar hujumchisi Luis Suares nomiga yozilgan. Urugvaylik hujumchi ikki golini o‘yindan kiritgan bo‘lsa, bittasini penaltidan darvozaga aniq yo‘llagan.

Endi jamoa 20 dekabr kuni Yokogama shahrida Argentinaning "River Pleyt" jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Argentinaliklar 16 dekabr kuni o‘tkazilgan yarim final uchrashuvida Yaponiyaning "Sanfrechche Xirosima" jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Klublar o‘rtasidagi JCh
Yarim final
"Barselona" – "Guanchjou Evergrand" 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 39 Suares, 2:0 – 50 Suares, 3:0 – 67, penalti Suares.
Barselona – Bravo, Pike, Alba (Adriano, 76), Dani Alves, Rakitich, Buskets, Inesta (Serdji Samper, 81), Maskerano, Serdji Roberto (Sandro Ramires, 72), Munir, Suares.
Guanchjou Evergrand – Li Shuay, Fen Syaotin, Kim Yen Gvon, Chjan Linpen, Chjen Chji, Chjen Lon (Yu Xanchao, 56), Paulino, Elkeson (Gao Lin, 67), Xuan Bouen, Rikardo Goulart, Tszou Chjen (Li Syuypen, 35).
Ogohlantirish: Fen Syaotin (16).