Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:23 / 17.12.2015
3629
1 daqiqa o‘qiladi
BMT va Shimoliy Koreya Pan Gi Munning mamlakatga kelishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun o‘zining Shimoliy Koreyaga tashrifi yuzasidan muzokaralar o‘tkazishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Shimoliy Koreya hukumati bilan muzokara olib borilmoqda. Men ikkala tomonga ham qulay bo‘ladigan tashrif sanasini iloji boricha tezroq belgilashimizga umid qilaman”, deb aytdi Pan Gi Mun matbuot-anjumanda.