16:57 / 17.12.2015
3464

Brent turidagi 1 barrel neft narxi 37,1 dollarga tushdi

17 dekabr, payshanba kungi savdolarga ko‘ra, neft narxi so‘nggi marta keskin tushishdan so‘ng, endi sekinlik bilan pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi ma'lum qilgan.

WTI turidagi neft narxi 2009 yilning fevralidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etayotgan bo‘lsa, Brent turidagi neft narxi 2008 yil so‘nggidagi past ko‘rsatkichni saqlab qolmoqda.

Shunday qilib, bugun London birjasidagi savdolarga ko‘ra (soat 10.55 holati), Brent turidagi neft narxining bir barreli 0,26 dollarga (0,70 foiz) pasaydi va 37,13 dollarni tashkil etgan.

WTI turidagi neft narxi esa, Nyu-York tovar birjasidagi (NYMEX) savdolarda 0,12 dollarga (0,62 foiz) kamaygan va bir barreli 37,39 dollarni tashkil etgan.

Top