20:30 / 17.12.2015
3544

"Chelsi" Mourinoga muddatidan oldin shartnomani buzgani uchun 12 mln funt tovon puli to‘laydi

Ingliz nashrlari "Chelsi" jamoasi ishdan bo‘shatilgan murabbiy Joze Mourinoga muddatidan oldin shartnoma buzilgani uchun qancha miqdorda ustama puli to‘lanishi haqida ma'lumotga ega bo‘lishdi.

"Bir necha daqiqalar avval Mourino jamoa rahbariyati bilan uchrashdi va unga o‘zaro hamkorlikning tugagani haqida bildirishdi. Ustama puli miqdori esa avval kutilganidek 40 million funt emas", deya yozadi muharrir Den Roun.

U mavsum oxirigacha 12 mln funtni bo‘lib-bo‘lib olishi aytilgan.

"Chelsi" o‘ta jiddiy muammoga to‘qnashdi. Jamoa xo‘jayini bu vaziyatda muhim qaror qabul qilishi kerak edi", deya yozadi nashr.

"Chelsi" Joze Mourinoni iste'foga chiqardi

Top